Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_okrugida
#deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #162_ta_Qonun_ijrosi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan birgalikda o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Mustaqillik» mahallasida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, mavjud isitish vositalari, sinfxonalardagi sharoitlar hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasining faoliyatiga oid masalalar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4