Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Jamoatchilik nazoratida hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda

 Jamoatchilik nazoratida hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hamkorligida “Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan jamoatchilik nazoratini olib borishdagi o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullaev ham mazkur seminarda ishtirok etdi.

Seminar davomida jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlashda Kengashlarning o‘rni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda amaliy takliflar muhokama qilindi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4