Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli N.To‘ychiyevaning “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish va mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning ehtiyoj va muammolarini aniqlash hamda har bir holatdan kelib chiqib amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, oilaviy sharoiti, bandligi va daromad manbalari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, zarur hollarda ularni tegishli ijtimoiy yordam va xizmatlarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔻Deputat tomonidan xotin-qizlar faoliga "Ayollar daftari"dagi har bir xotin-qizning muammosini chuqur o‘rganish, ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va natijadorligini ta’minlash, hal etilmagan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1