Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“DEPUTAT MAHALLA MUAMMOLARI BILAN ISHLAYDI: ENDI NIMA O‘ZGARADI?”

Xabaringiz bor, kecha Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.
E’tiborli jihati, bu yerda gap shunchaki “aholi bilan uchrashish” haqida emas.
Yangi yondashuvda mantiqiy zanjir shunday ko‘rinmoqda:
MAHALLA → MUAMMONI ANIQLASH → KENGASH MUHOKAMASI → MAS’UL TASHKILOT → ANIQ CHORA → NATIJA → NAZORAT.
Mahallada hal etib bo‘lmaydigan masala esa yuqori darajaga — respublikaga olib chiqiladi.
Eng muhim o‘zgarish nimada?
Deputatning ishi muammoni eshitish bilan tugamasligi kerak. Muammo Kengashning nazorat predmetiga aylanishi lozim.
Buning uchun qonunchilikda deputat va Kengash qo‘lida ishlatish mumkin bo‘lgan nazorat mexanizmlari yetarli.
📌 Xulosa:
Kuchli deputat — ko‘p muammoni eshitgan yoki murojaatlarni ko‘p qabul qilgan deputat emas.
Muammolar yechimini nazorat tadbirlariga va Kengash qaroriga aylantira olgan deputat.