Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish — ustuvor vazifa

Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish — ustuvor vazifa

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi hamda Namangan davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ekologik siyosat doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Jumladan, Namangan shahar Kengashi deputati, Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Gaffarova Shoira Shavkatovna ma’ruza bilan ishtirok etib, ekologik ta’limni rivojlantirish, yoshlar ongida ekologik mas’uliyatni shakllantirish masalalari yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, konferensiyada ishtirok etgan boshqa ma’ruzachilar tomonidan ham sohani rivojlantirishga doir muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Slide 1 of 4