Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAKKA QAT’IY QADAM!

Namangan shahar Kengashi deputatlari, [15.04.2026 14:33]

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAKKA QAT’IY QADAM!

Namangan shahrida yana bir muhim uchrashuv — fikrlar, tashabbuslar va amaliy yechimlar maydoniga aylandi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari tashabbusi bilan 2-sonli Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari S. Gapparova va Sh. To‘raboyeva ishtirok etdilar.

💬 Yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot — yoshlar bilan ishlashda deputatlar tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi

📱Telegram (https://t.me/Namanganshaharkengashi) 📱Facebook (https://www.facebook.com/share/1AtGeQ9DCg/?mibextid=wwXIfr) 📱Instagram (https://www.instagram.com/namangan_shahar_kengashi?igsh=bGV4NGZzY2tvNms1&utm_source=qr)

Namangan shahar Kengashi deputatlari, [15.04.2026 14:52]

Namangan shahar 13-Marg‘ilon saylov okrugi hududida joylashgan “Marg‘ilon” mahalla fuqarolar yig‘inida barcha turdagi milliy va zamonaviy liboslar tikish hamda tikishni o‘rgatish markazi faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidovlar ishtirok etdilar.

Tanishuv davomida markazda yaratilgan sharoitlar, tikuvchilik faoliyatini tashkil etish, aholini, ayniqsa xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4