Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#deputat_soʻrovi


♨️ Issiqlik ta’minoti masalasi deputat nazoratida

🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich tomonidan “Taxiatosh tumani Issiqlik tarmoqlari” MChJ direktori Xojanov Timur Paraxatovichga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

📌 Deputatlik so‘rovida tuman aholisini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sifati, iste’molchilarga hisob-kitoblarning to‘g‘ri yuritilishi hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot so‘raldi.

Xususan, quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
🔹 aholiga issiqlik yetkazib berishning joriy holati va mavjud muammolar;
🔹 iste’molchilarga hisoblangan to‘lovlar hamda qarzdorliklarning asoslanganligi;
🔹 boshqa iste’molchining qarzdorligi sababli xizmatlari cheklangan fuqarolar bo‘yicha ko‘rilgan choralar;
🔹 aholi va yuridik shaxslarning issiqlik ta’minoti bo‘yicha qarzdorligi va uni kamaytirish choralari;
🔹 xizmatni cheklash yoki uzishdan oldin iste’molchilarni ogohlantirish tartibi;
🔹 issiqlik tarmoqlarining texnik holati, 2025–2026-yillarda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari va kelgusidagi rejalar.

📥 Deputat Madaminov Alisher Abdullayevich mazkur so‘rov orqali issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritish, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish hamda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari ta’minlanishiga e’tibor qaratmoqda.

Aholini sifatli va barqaror issiqlik bilan ta’minlash — muhim ijtimoiy masalalardan biridir.

Slide 1 of 2