Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Payshanba — Yoshlar kuni!

Payshanba — Yoshlar kuni!

Bugun Taxiatosh tumani hokimi Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich, tuman prokurori A.Kipshakbaev hamda tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov tumandagi BPO IT markazida bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan ish jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

🤝 Tashrif doirasida tuman rahbariyati "Giza Pro" IT va dasturlash kompaniyasi asoschisi Xusniddin Gulmirzayev bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda hududda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va markaz faoliyatini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

💻 Xususan, Taxiatosh tumani yoshlarini zamonaviy kasb egalariga aylantirishga qaratilgan maxsus o‘qitish dasturlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Asosiy maqsad — tuman yoshlarini raqamli texnologiyalar hamda dasturlash yo‘nalishlariga qiziqtirish, ularga zamonaviy bilimlar berish orqali yuqori daromadli kasb egalari bo‘lib yetishishlariga zamin yaratishdir.

Bunday amaliy harakatlar tuman yoshlarining bandligini ta’minlash hamda kelajakda malakali IT kadrlar bo‘lib shakllanishlarida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 4