Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
O‘rganish davomida aniqlangan holatlar

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya kengashi hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirildi.

🌡 Monitoring jarayonida muassasaning isitish tizimi, qozonxona va mo‘rilari holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida qozonxona mo‘rilarining eskirgani va ta’mirlashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Muassasada isitish ishlari ko‘mir yoqilg‘isi asosida amalga oshirilishi ma’lum bo‘ldi.

⚠️ Shu munosabat bilan qozonxona va isitish tizimini mavsum boshlanishidan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish, eskirgan mo‘rilarni ta’mirlash yoki zarur hollarda yangilash, shuningdek, ekologik va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasada qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4