Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
6-SONLI MTTDA QOZONXONA VA KO‘MIR ZAXIRASI NAZORATDA

Kuz-qish mavsumining yaqinlashishi bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun iliq va qulay sharoit yaratish masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda isitish tizimining uzluksiz ishlashi, qozonxonaning mavsumga tayyorligi va zarur yoqilg‘i zaxirasining oldindan shakllantirilgani muhim omillardan biridir.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Raimova tomonidan Do‘stlik mahallasi Pastkichaqir qishlog‘idagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida tashkilotning qozonxonasi, isitish tizimining texnik holati, qozonxonaning mavsum davomida uzluksiz ishlashga tayyorligi hamda mavjud jihozlardan xavfsiz foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun shakllantirilgan ko‘mir zaxirasining mavjudligi, uni saqlash sharoitlari va mavsum davomida isitish tizimini uzluksiz ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Tashkilotdagi guruh xonalari va tarbiyalanuvchilar foydalanadigan boshqa xonalarda issiqlikni ta’minlash, isitish tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda bolalar uchun xavfsiz sharoit yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Yakunda qozonxonani doimiy ishchi holatda saqlash, mavjud ko‘mir zaxirasidan samarali foydalanish, zarur hollarda qo‘shimcha choralarni ko‘rish hamda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2