Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SEMINAR O‘TKAZILDI

2026-yil 22-sentabr kuni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengashlarning raislari va deputatlari uchun barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdi.

Seminar davomida deputatlarning hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va nazorat qilish, aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish hamda bandlik va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish borasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2