Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining
13-Madaniyat saylov okrugi deputati B.Xusanov, 18-O‘zbekiston saylov okrugi deputati L.Karimova hamda 5-Yoshlar saylov okrugi deputati M.Xudoyberdiyeva tomonidan aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish jarayonida fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi, aholining murojaatlari hamda ularni qiynayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, tibbiyot muassasalarida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar ham ko‘rib chiqildi.
🔹 Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning taklif va mulohazalari tinglanib, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib xizmatlarni takomillashtirish yuzasidan fikrlar almashildi.

👩‍⚕️ Aholi salomatligi — jamiyat farovonligining muhim omili. Shu bois fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, ayniqsa, aholining tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish masalasi doimo e’tibor markazida bo‘lishi lozim.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiya va takliflar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📌 Deputatlar tomonidan joylarda aholining muammolarini o‘rganish, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bunday amaliy ishlar bundan buyon ham davom ettiriladi.

Zero, sifatli tibbiy xizmat — inson qadri va aholi farovonligining muhim ko‘rsatkichidir.

Slide 1 of 4