Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 1-O‘choqli saylov okrugi deputati K.Bayzakov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tuman Yoshlar ishlari bo'limida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

⚜️ O‘rganish davomida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

⚜️Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

⚜️O‘rganish jarayonida mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning murojaatlari va muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal etish hamda qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlardan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3