Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid Qonun ijrosi o‘rganildi

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid Qonun ijrosi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 1-O‘choqli saylov okrugi deputati K.Bayzakov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan deputatga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi o‘rganildi.

📃 O‘rganish davomida mazkur Qonunda belgilangan talablarning amaliyotga tatbiq etilishi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni qonunchilikda belgilangan tartibda e’tirof etish bilan bog‘liq ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

📃Fuqarolarning ushbu masala yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish, yer uchastkalari va ularda joylashgan bino-inshootlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish, huquqlarni e’tirof etish jarayonida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

📃 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash, fuqarolarning yer va ko‘chmas mulkka oid huquqlarini qonuniy asosda rasmiylashtirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3