Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov tomonidan 21-“Uchtepa” saylov okrugida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

🔺 Deputat tomonidan saylov okrugidagi fuqarolarning bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ishga joylashishga ehtiyoji mavjud aholi vakillarining murojaatlari o‘rganilmoqda. Bunda fuqarolarning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning bandligini ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar mahallalardagi hokim yordamchilari va boshqa mas’ullar bilan hamkorlikda olib borilib, ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud imkoniyatlar asosida ish bilan ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

📋 Bu jarayon mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan aholi bandligini ta’minlash, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini o‘rganish, yoshlar bandligiga e’tibor qaratish hamda fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish vazifalari bilan uzviy bog‘liq.

📈 Dilshod Shoumarov tomonidan 21-“Uchtepa” saylov okrugida bandlik masalalarini manzilli o‘rganish va fuqarolarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🔎 Aholini ish bilan ta’minlash — nafaqat bandlik masalasining yechimi, balki oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1