Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliayti Niholzor mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
#_kotibiyat_xodimi_faoliayti
Niholzor mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “19-Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat S.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan Niholzor mahallasida obodonlashtirish ishlarining holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududini obodonlashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, piyodalar yo‘lakchalarini qurish va tartibga keltirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalalari nazoratga olindi.

Bunday o‘rganishlar mahallalarda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2