Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
“Nonvoylik guzar” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Noib ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan “Nonvoylik guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallaga kirish va chiqish nuqtalaridagi videokuzatuv kameralari, ularning uzluksiz ishlashi hamda hududni qamrab olish darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, profilaktika inspektori, mahalla faollari va mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish, muammoli oilalar va profilaktik nazoratdagi fuqarolar bilan individual ishlashni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2