Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI VA AMALIY YONDASHUV

#deputatlik_faoliyati #bandlik

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI VA AMALIY YONDASHUV

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich boshchiligida Sharq yulduzi mahallasida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan o‘rganish va uchrashuv o‘tkazildi.

💼 Jarayonda Uchtepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Azimov, ishchi guruh a’zolari hamda mahalla mas’ullari ishtirok etdi.

🕯 Uchrashuv davomida mahalladagi aholi, ayniqsa, ish bilan ta’minlashga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Fuqarolarni ishga joylashtirish, daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Shuningdek, har bir murojaatning mazmunidan kelib chiqib, muammolarni manzilli hal etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda ularni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas’ullariga aniq vazifalar belgilab berildi.

🧠 Mazkur uchrashuv deputatlik nazorati doirasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi muammolarini bevosita eshitish va ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratildi.

📈 Asosiy maqsad — mahallada ishsizlikni kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish va ehtiyojmand oilalarni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga amaliy hissa qo‘shish.

Slide 1 of 4