Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Qirguli mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq murojaat ham o‘rganildi .

Qirguli mahallasida olib borilgan deputatlik o‘rganishlari davomida hudud aholisidan kelib tushgan murojaatlar ham joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi. Jumladan, I.Motrudiy ko‘chasidagi chiqindilar bilan bog‘liq murojaat o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu ko‘cha ichki ko‘cha toifasiga kirishi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli ko‘chada to‘planayotgan chiqindilarni olib chiqish hamda ko‘cha bo‘ylab oqib o‘tuvchi tranzit ariq chetlarini begona o‘tlardan tozalash ishlari shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufiga kirmasligi sababli mazkur yo‘nalishda muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan masalalardan biri sifatida qayd etildi. Ayniqsa, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va ariq atroflarini tozalash masalasi hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash nuqtayi nazaridan muhim.

Murojaat deputat tomonidan hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi. Masalani mas’ul tashkilotlar ishtirokida hal etish maqsadida tegishli tartibda deputat so‘rovi bilan shahar hokimi o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Deputatlik nazorati doirasida murojaat yuzasidan ko‘rilgan choralar va mas’ullar tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning natijasi nazoratga olinadi.

Slide 1 of 4