Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shirin shahar tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumida aholi salomatligini muhofaza qilish va mavsumiy kasalliklarning oldini olish mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida kuz-qish oylarida ko‘proq uchrashi mumkin bo‘lgan gripp va boshqa O‘RVI, bronxit, pnevmoniya kabi kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar kasalliklarning havo-tomchi va muloqot yo‘li orqali yuqishi, ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 65 yoshdan kattalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalligi mavjud fuqarolarning ehtiyot choralariga jiddiy rioya qilishi lozimligini ta’kidladilar.

Mavsumiy kasalliklardan himoyalanish uchun qo‘l gigiyenasiga rioya qilish, xonalarni muntazam shamollatish, ob-havoga mos kiyinish, to‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu va jismoniy faollikka e’tibor qaratish tavsiya etildi. Grippga qarshi emlanish, ayniqsa, xavf guruhidagi fuqarolar uchun muhim ekani qayd etildi.

Shuningdek, kasallik alomatlari kuzatilganda o‘zbilarmonlik bilan dori-darmon, xususan, antibiotiklarni qabul qilmaslik, ularni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash zarurligi ta’kidlandi. Nafas qisishi, ko‘krakda og‘riq, yuqori haroratning uzoq davom etishi, kuchli holsizlik kabi belgilar kuzatilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarurligi qayd etildi.

Matbuot anjumanida mavsumiy kasalliklarning oldini olishda aholining tibbiy tavsiyalarga amal qilishi, kasallik belgilari paydo bo‘lganda o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishi va atrofdagilarga kasallik yuqtirmaslik choralariga rioya qilishi muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3