Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

#24_ta_muhim_masala #deputat_daftari
Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorjon Erkaboyev tomonidan 15-Oqbilol saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, elektr ta’minoti va ichimlik suvi bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Xususan, Satkak MFYning Istiqlol va Ulug‘vor ko‘chalariga 10 donadan beton tayanch ustunlarini o‘rnatish, shuningdek, Oqbilol mahallasi Yangibog‘ ko‘chasida joylashgan suv minorasini yangisiga almashtirish masalalari ko‘tarildi.
🔹 Murojaatlarda bayon etilgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud muammolarning holati va ularni bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🔹 Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni amaliy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.
Deputat tomonidan saylovchilar murojaatlarining ijrosi nazoratga olinib, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4