Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI

MAHALLADA O‘RGANISH ISHLARI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati tomonidan “Oshoq qala” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati hamda qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova mahallada bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-sonli Qonuni talablari ijrosi, mahalla yettiligining qonunchilikda belgilangan vazifalarni amalga oshirishi hamda aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni joyida aniqlash, aholining ijtimoiy masalalarini hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1