Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev ishtirokida Mirobod tumanidagi “Yangi zamon” mahallasida aholining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

🔺 Tadbirda ishtirokchilarga My.gov.uz platformasidan foydalanish tartibi tushuntirildi. Fuqarolar platforma orqali o‘zlariga zarur davlat xizmatlari va ma’lumotlarni mustaqil izlash hamda olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 Shuningdek, My.soliq.uz va E-anticor.uz platformalarining imkoniyatlari, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, elektron xizmatlardan foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

📉 Tadbirda jami 16 nafar mahalla aholisi ishtirok etdi. Fuqarolarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish orqali davlat xizmatlaridan mustaqil va qulay foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

📋 Mazkur tashabbus mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda ularning kundalik hayotida zarur bo‘lgan raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish vazifalari bilan hamohangdir.

🗣 Toshpo‘lat Matibayev ishtirokidagi mazkur tadbir aholining raqamli savodxonligini oshirish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengroq tushuntirish hamda fuqarolarni zamonaviy raqamli platformalar bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8