Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
ZARAFSHON” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

“ZARAFSHON” MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

📅 21-sentabr kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov ishtirokida “Zarafshon” mahallasida hududning obodonlashtirish va infratuzilma holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla hududidagi qurigan daraxtlarni belgilangan tartibda olib tashlash;
🔹 hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish;
🔹 mahalla atrofidagi ko‘chalarni tungi yoritish vositalari bilan ta’minlash;
🔹 mavjud piyodalar yo‘laklarini asfaltlash hamda boshqa obodonlashtirish va infratuzilma masalalari ko‘rib chiqildi.

📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, shuningdek, ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borish belgilandi.

⚖️ Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan deputatning saylovchilar manfaatlarini ifodalash va hududni rivojlantirish masalalarini hal etishda ishtirok etish vakolatlari doirasida amalga oshirildi.

🤝 Aholi murojaatlari va hududdagi muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.


🏛Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2