Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida 3-sentabr kuni davlatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Jumladan, “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan Yangi dehqon ko‘chasi 7-uyda yashovchi M.Jo‘rayevaning bandligini ta’minlash va daromad manbasini yaratish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatilib, uning o‘zini o‘zi band qilishi hamda tikuvchilik sexi tashkil etishi uchun zarur ko‘mak berildi. Natijada fuqaroning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi ta’minlanib, “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilishiga erishildi.

Muloqotlar davomida “Mahalla yettiligi” hamkorligida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, har bir oila uchun barqaror daromad manbalarini yaratish, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6