Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Boks zali qurilishi boshlandi — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov, tuman Kengashi deputatlari J.Mamadaliyev va N.Turdiyev tomonidan Bo‘ston mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabi hududida yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan boks zali qurilishi jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

Loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan. Qurilish ishlariga mas’ul shaxs tomonidan loyiha belgilangan 62 kun muddatda yakunlanishi ta’kidlandi. Deputat tomonidan loyiha hujjatlari va amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishilib, qurilishning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda mahallada sport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi. Qurilish ishlarining borishi deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 4