Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navbahor" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda Hokim yordamchilarining mas’uliyatini oshirish borasida tuman Kengashi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat K.Amanqulovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Navbahor" MFYda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoniga muvofiq Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

Monitoring davomida 14 ta asosiy yo‘nalish, xususan, xonadonbay o‘rganishlar natijasi, aholi bandligi, kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, mikroloyihalarni amalga oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash ko‘rsatkichlari amaliy natijadorlik nuqtai nazaridan baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan xulosalar shakllantirilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 2