Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

#24_TAVSIYA_IJROSI

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputati F.Madaliyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri Sh.Kamolov tomonidan Fargʻona shahridagi “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

➡️ O‘rganish jarayonida deputat F.Madaliyeva va Sh.Kamolov mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilab berilgan 24 ta tavsiyalar ijrosidan kelib chiqqan holda, "Gulzor" MFY hududida olib borilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdilar. Bolalar maydonchasini bunyod etish jarayonida bajarilayotgan ish hajmi va sifati yaqindan o'rganildi.

✅ Xususan, muloqot chog‘ida hududdagi mavjud masalalar, jumladan, yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bolajonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mahalla hududida tashkil etilayotgan bolalar maydonchasi qurilishining holati o‘rganib chiqildi.

📌 Shuningdek, uchrashuv davomida belgilangan chora-tadbirlar va qurilish ishlarining o'z vaqtida sifatli yakunlanishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "
"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"

✅ Telegram |✅ Facebook | 📱 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 4