35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yon daftari – samarali deputatlik faoliyatining muhim vositasi
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIKDAGI USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari:Hamkorlikda o'rganishlar
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishlar: Xotin-qizlar bilan uchrashuvlar
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishalar: Yoshlar bilan uchrashuv
янв.21
“OCHIQ BUDJET”DA YANGI G‘OLIB: SHARILLOQ MAHALLASIDAGI YO‘L LOYIHASI QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB E’LON QILINDI!
янв.21
Yong‘in xavfsizligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan
“Mahalla yettiligi” faoliyati va aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholining bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazorat qilish borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholining murojaatlariga e’tiborli yondashish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda “Madad” NNT vakili M.Toshboltayevalar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6