35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari:Hamkorlikda o'rganishlar
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishlar: Xotin-qizlar bilan uchrashuvlar
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishalar: Yoshlar bilan uchrashuv
янв.21
“OCHIQ BUDJET”DA YANGI G‘OLIB: SHARILLOQ MAHALLASIDAGI YO‘L LOYIHASI QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB E’LON QILINDI!
янв.21
Yong‘in xavfsizligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan
янв.21
MUHIM QAROR: TASHABBUSLI BUDJET LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH TA’MINLANADI
янв.21
Xаlq deputаtlаri Shаrof Rаshidov tumаn Kengаshining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
SESSIYA OLDI O'RGANISHLARI: PQ-468-son qarori ijrosi
Kengash_faoliyati

#deputat_okrugida #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Xo'jayipok" mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

Bandixon tumanida mahallalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda "Mahalla yettiligi" tarkibidagi profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Xo'jayipok" mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan Profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar ijrosi, jinoyatchilik holati tahlili, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda soha mas’uliga mahalla faollari bilan birgalikda profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1