Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholini reyestrdan chiqarish, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlari va oilaviy holati bilan yaqindan tanishish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi.

Xususan, Andijon ko‘chasi, 8-uyda yashovchi Abdujaliyevlar xonadonida bo‘lib, oila boshlig‘i bilan suhbat o‘tkazildi. Muloqot davomida oilaning bugungi ijtimoiy holati, daromad manbalari va mavjud ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, oilani ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha mahalla yettiligi tomonidan shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, oilaning daromadini oshirish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish borasidagi imkoniyatlar atroflicha o‘rganildi.

️Oila tarkibidagi 1 nafar nogironligi bo‘lgan a’zoga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar ham muhokama qilinib, mavjud imtiyoz va ijtimoiy ko‘maklardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxasissi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish yakunida oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash, daromad manbasini mustahkamlash va kelgusida ijtimoiy reyestrdan chiqarilishiga ko‘maklashish yuzasidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3