Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNING TA’LIM MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tashabbusi bilan Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, kasb-hunarga yo‘naltirilishi hamda ilm olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda mahalla yoshlari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni oliy ta’limga tayyorlash, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla yoshlari uchun ilmiy-ma’rifiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, yoshlar bilan ishlash, ta’lim sifati, kasb-hunarga yo‘naltirish, bandlikka tayyorlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Ushbu jarayon “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Muhokama yakunida mahalla yoshlari bilan universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlarni davom ettirish, yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Oqtepa mahallasida yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va kelajakda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4