Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
YUNUSOBOD TUMANI TA’LIM BO‘LIMIDA MUHIM MASALA MUHOKAMA QILINDI

Yunusobod tumani Ta’lim bo‘limida tumandagi 52 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝Uchrashuvda xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. ishtirok etib, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyatga ega namunalarini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

💠Xususan, bog‘chalarga milliy qadriyatlarimizni yaxshi biladigan, xalq og‘zaki ijodidan tarbiyaviy ahamiyatga ega ertak va rivoyatlarni bolalarga o‘qib, aytib bera oladigan, ziyoli, kasb-hunarli, muomalali va mehribon buvijonlarni biriktirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

👵Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodga xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odat va an’analarini bolalikdan singdirish, tarbiya jarayonida katta avlod vakillarining hayotiy tajribasi va ibratidan samarali foydalanishdir.

🏛Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni qo‘llab-quvvatlash, aholining taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularning amaliy ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3