Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Suvankulov ishtirokida Boyovut tumani Navro‘z mahallasida joylashgan 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026/2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimining texnik holati hamda mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumot uchun, mazkur maktab binosi 2025-yilda kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan. Maktabning isitish tizimini ta’minlash maqsadida 3 dona chiller qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular tabiiy gaz yoqilg‘isida ishlaydi. O‘rnatilgan isitish tizimi orqali maktabning asosiy binosi to‘liq isitiladi.

Bugungi o‘rganish jarayonida isitish tizimi va chiller qurilmalarining ishlash holati ko‘zdan kechirilib, mavsumga tayyorgarlik borasida muammo va kamchiliklar aniqlanmadi.

Ayni paytda 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 781 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Slide 1 of 8