Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA — MUHIM VAZIFA

TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA — MUHIM VAZIFA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida himoya orderlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini nazorat qilish, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan profilaktik va tuzatish ishlari olib borilishi, jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan psixologik, tibbiy, huquqiy hamda ijtimoiy yordamlar holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, murojaatlar bo‘yicha belgilangan muddatlarda choralar ko‘rilishi, himoya orderi talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va xavf ostidagi oilalar bilan manzilli ishlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Muammo aniqlanishi — nazorat o‘rnatilishi — amaliy yechim va natija.
Zero, har bir fuqaroning, ayniqsa, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash barchamizning muhim vazifamizdir.