Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati Aldanov Yelibay Tokbergenovich tomonidan Tomdi tumanidagi oilaviy bolalar uylari hamda vasiylik va homiylikka olingan bolalarning ijtimoiy himoyasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tegishli tashkilot tomonidan javob olindi.

Javob xatida 2025–2026-yillar davomida oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ta’lim-tarbiyasi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, turli to‘garaklarga jalb etilishi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berilgan.

Bundan tashqari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilgani, jumladan, bir nafar voyaga yetmagan fuqaro belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlangani haqida ma’lumot taqdim etilgan.

Mazkur javob deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarni o‘rganish imkonini berdi.