Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
MAKTAB SPORT MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi raisi J.Turmaxanov va Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida Suketti OFY hududidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport maydoni holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan sport sharoitlari, sport maydonining umumiy holati, mavjud sport jihozlari va anjomlarining saqlanishi hamda ulardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur va qulay sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, sport maydonini yanada obodonlashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mas’ullarga o‘quvchilar uchun sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, sport inshootlaridan samarali foydalanish hamda ularning holatini doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📌 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarda mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablarining sport zallari hamda sport anjomlarining mavjudligi va holatini o‘rganish alohida yo‘nalish sifatida belgilangan.

Slide 1 of 3