Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati L.Bayanasov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya a’zolari bilan birgalikda tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida kambag‘al va ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning mavjud muammolarini manzilli o‘rganish hamda har bir oila bilan individual ishlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, oilalarning daromadlarini oshirish imkoniyatlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat va komissiya a’zolari tomonidan kambag‘allikni qisqartirishda har bir oilaning imkoniyatidan kelib chiqib, doimiy daromad manbaini yaratish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda aholining mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2