Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Paxtakor" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati hamda "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va Hokim yordamchilarining hisobdorligini oshirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat A.Allamuradovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Paxtakor" MFYda bo‘lib, Hokim yordamchisi faoliyatini o‘rgandi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-sonli Qonuni hamda Hokim yordamchilarining 14 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha vazifalari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida xonadonbay o‘rganishlar natijalari, aholi bandligini ta’minlash, imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilliligi, mikroloyihalarni ishga tushirish hamda kambag‘allikni qisqartirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida to‘plangan materiallar va xulosalar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 1