Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
O‘SIMLIKLAR KARANTINI SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘simliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E.Mirzayev tomonidan o‘rmon xo‘jaligida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘simliklar karantini sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘simliklarning fitosanitar holatini monitoring qilish hamda zararli organizmlarning tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rmon hududlarida fitosanitar dala nazoratini tashkil etish, o‘simliklar va o‘rmon fondiga kiruvchi hududlarning sanitariya holatini nazorat qilish, kasallik va zararkunandalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning tarqalishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan talablarning bajarilishi, monitoring natijalarini yuritish hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish amaliyoti ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, fitosanitar nazoratni yanada kuchaytirish, o‘simliklar va o‘rmon resurslarini zararli organizmlardan muhofaza qilish hamda tegishli hujjatlarda belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5