Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputatining navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi

🇸🇱Fargʻona shahar Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov tomonidan mahalliy Kengash deputatining 24 ta tavsiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati tahlil qilindi. Xususan, aholini kambagʻallikdan xalos etish va ularning daromad manbalarini koʻpaytirish borasidagi ishlar koʻzdan kechirildi.

➡️ Jarayonda Kengash kotibiyati masʼuli Z.Mansurov va tegishli mahalla hokim yordamchisi qatnashdi. Muloqot asnosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarorida koʻrsatilgan talablar, shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida kambagʻallikni qisqartirish hamda aholi bandligini taʼminlash yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga alohida urgʻu berildii.

🔹 Xususan, mahallalardagi ishsiz fuqarolarni barqaror ish oʻrinlariga toʻgʻrilash, oilaviy biznesni kengaytirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslar (kreditlar) ajratilishiga koʻmaklashish, qolaversa, tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish hamda hunarmandchilik yoʻnalishlarini rivojlantirish muhokama etildi.

📌 Shuningdek, mahallada band boʻlmagan qatlamni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning doimiy daromad topishini yoʻlga qoʻyish hamda kasb-hunar oʻrganishi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun subsidiya mablagʻlarini olishda yaqindan yordam koʻrsatish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

✅ Telegram |✅ Facebook | 📱 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 3