Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#24_ta_muhim_masala
21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Sayidmirzayev G‘ofurjon G‘ayratjonovich saylangan 8-Kaptarxona saylov okrugida XDP tuman Kengashi raisi N.To‘xtasinova tomonidan kotibiyat bosh mutaxassislari bilan hamkorlikda 21-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabning mavjud infratuzilmasi, jumladan, o‘quv binolari, sinfxonalar, yo‘laklar, sanitariya-gigiyena xonalari hamda boshqa yordamchi inshootlarning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sinfxonalarning o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi, isitish tizimlarining sozligi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, xususan, isitish tizimlarini mavsumga tayyorlash, issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, bino va inshootlarning tom qismi, eshik va derazalar holati, elektr tarmoqlari hamda yong‘in xavfsizligi vositalarining sozligi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabning yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 5