35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yon daftari – samarali deputatlik faoliyatining muhim vositasi
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIKDAGI USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari:Hamkorlikda o'rganishlar
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishlar: Xotin-qizlar bilan uchrashuvlar
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan o'rganishalar: Yoshlar bilan uchrashuv
янв.21
“OCHIQ BUDJET”DA YANGI G‘OLIB: SHARILLOQ MAHALLASIDAGI YO‘L LOYIHASI QO‘SHIMCHA G‘OLIB DEB E’LON QILINDI!
янв.21
Yong‘in xavfsizligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi yuzasidan
30-“CHUSTIY” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

 30-“CHUSTIY” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Baxriddin Nurmatov tomonidan 30-“Chustiy” saylov okrugi hududida mahalla yettiligi vakillari hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova va Olmazor tumani hokimligi vakillari ishtirok etdi.

⚡️Uchrashuv 24 ta tavsiya asosida tashkil etilib, hududda yo‘l va kommunal infratuzilmani yaxshilash, podyezd yo‘laklari, podval, elektr va gaz ta’minoti, obodonlashtirish hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

📝 O‘rganish yakunida ko‘chaboshilar, domkomlar va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalla va ko‘chalardagi mavjud muammolar, aholining taklif hamda murojaatlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda “Deputatning ko‘chama-ko‘cha daftari”ga qayd etildi.

🤝 Deputat Baxriddin Nurmatov hududdagi masalalarni joyida o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi.

🌳 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalarda ozoda, obod va farovon muhit yaratishga xizmat qiladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7