Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

 Deputatlar tomonidan oila vakillari bilan samimiy muloqot qilinib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammo va ehtiyojlari o‘rganildi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
 

Xususan, deputat Voxidjon Axmedovning 9-Paloxon saylov okrugi hududiga qarashli “Beshkapa” mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila vakillariga deputatlar va O‘zXDP tuman kengashi raisi homiyligida oziq-ovqat mahsulotlari, oila farzandlariga kiyim-boshlar yetkazib berildi. 

Bunday ezgu tashabbuslar aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlari uchun munosib sharoit yaratish hamda mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi 

   

Slide 1 of 3