Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Sport uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Istiqlol” mahallasida joylashgan ixtisoslashgan maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim muassasasining sport jihozlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

🟢O‘rganish jarayonida maktabda sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun mavjud sport inshootlari, sport zallari va maydonchalarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilganligi tahlil qilindi.

🟢O‘rganish davomida sport anjomlarini yanada ko‘paytirish, mavjud jihozlarni yangilash va sport inshootlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish zarurati yuzasidan fikrlar bildirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi o‘quv yilida sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3