Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Hududda chiqindilarni tozalash va olib chiqib ketish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “S.Raximov” mahallasining ayrim ko‘chalarida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati holati o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida mahallaning asosiy ko‘chalari bilan bir qatorda chekka hududlarida mavjud holat ko‘zdan kechirilib, ayrim ko‘chalarda chiqindilarning belgilanmagan joylarga tashlangani, xonadonlar oldida esa turli maishiy va qurilish chiqindilari to‘planib qolgani aniqlandi.

🟢Ayniqsa, chekka ko‘chalarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasi aholi uchun dolzarb ekani ma’lum bo‘ldi. To‘planib qolgan chiqindilar nafaqat hududning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, balki sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va atrof-muhit tozaligiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🟢Shu munosabat bilan deputat tomonidan chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ mas’ul vakiliga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maxsus avtotransport vositalarining belgilangan grafik asosida harakatlanishini ta’minlash, xonadonlar oldida to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni zudlik bilan olib chiqib ketish hamda xizmat ko‘rsatish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🟢Shuningdek, qurilish va boshqa turdagi chiqindilarni tozalash va olib chiqib ketish bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli ko‘rsatma berish va chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik, qurilish va yirik hajmdagi chiqindilarni maxsus tartibda chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish belgilandi.

Slide 1 of 6