Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
Xalqobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi

Xalqobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Baxovadinov tomonidan Xalqobod mahallasida fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish davomida mahalladagi ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati, ularning obodonlashtirilishi, fuqarolar uchun qulayligi hamda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim ko‘chalardagi yo‘l qoplamasining holati, ta’mirtalab qismlar va aholining kundalik harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgan jihatlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

♻️Shuningdek, mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi. Suhbat davomida fuqarolar tomonidan ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash, obodonlashtirish va yo‘l sharoitini yaxshilash bilan bog‘liq muammolar bildirildi.

📘Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar murojaatlar daftariga belgilangan tartibda qayd etilib, ularni o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4