Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
янв.21
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BEVOSITA TINGLANDI
янв.21
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi Qonun ijrosi
янв.21
HUDUDLARDA DASTURLARI IJROSI O‘RGANILDI
#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

#19_1_modda 📋 DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibi o‘rganilmoqda.
O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori talablari ijrosi doirasida tashkil etildi.
Shu maqsadda ishchi guruh Pastdarg‘om tumani Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni bilan tanishdi.
O‘rganish davomida:
🔹 bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun arizalarni qabul qilish tartibi;
🔹 elektron navbatning shakllantirilishi va yuritilishi;
🔹 mavjud bo‘sh o‘rinlardan samarali foydalanish;
🔹 umumiy va imtiyozli navbat holati;
🔹 yo‘llanmalarni rasmiylashtirish jarayoni;
🔹 fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan holatlar ishlab chiqilgan o‘rganish savolnomasi asosida tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantiriladi.
📌 Bolalarni maktabgacha ta’limga qabul qilish jarayonining qonuniy, ochiq va shaffof tashkil etilishi — doimiy komissiya nazoratida!

Slide 1 of 1