Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan sessiya oldi o‘rganishlari olib borildi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDIDAN PQ-298-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Yoyilma mahallasidagi infratuzilma holati va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv: narkologik kasalliklar profilaktikasi — muhim vazifa
DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev va tuman Kengashi deputati J.Umarov tomonidan Quyitosh mahallasida 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi, “Mahalla yettiligi” hamda ijtimoiy xodim faoliyati tanqidiy-tahliliy tarzda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijasida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etishda kamchiliklar, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda yetarlicha tizimli yondashuv mavjud emasligi tanqidiy nuqtai nazardan qayd etildi.
Xususan, aholi murojaatlari va xonadonlardagi ijtimoiy muammolarni o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Aniqlangan muammolar va kamchiliklar “Saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish” deputat kitobiga tegishli tartibda qayd etildi.
Muammolarning har biri bo‘yicha mas’ullarni belgilash, ularni bartaraf etish muddatlarini aniqlash hamda ijrosini nazoratga olish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari va ijtimoiy xodimga aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, mavjud muammolarni qog‘ozda emas, amaliy natija asosida hal etish hamda har bir murojaatning yakuniy natijasini nazorat qilib borish vazifasi yuklatildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3