Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi o‘rganilib, huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi S.Nurmahmatov, tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi L.Musayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov tomonidan deputatlik nazorati doirasida Muzrabot tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ–598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining ta’minlanish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, investorlar bilan ishlash tizimi, qonun talablarining bajarilishi hamda sohaga oid boshqa muhim masalalar maxsus savolnoma asosida tahlil qilindi. Shuningdek, qonun mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar bildirildi.

Slide 1 of 3